Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yoshlar I xalqaro talabalar statistika olimpiadasida ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
10:44 / 2023-05-19

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 16-19 may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetda I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan “MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda O‘zbekistondan  ikkita talabalar jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik jamoalar murabbiyi Ulug‘bek Kamoliddinovning ushbu tadbirlar yakuniy natijalari bo‘yicha ma’lumot berishicha,  jamoalar  tanlovda “Men – O‘zbekistonman!” video ketma ketligi hamda statistika viktorinasi chiqishlari bilan qatnashdi. Keyingi bosqichda esa individual tartibda test va iqtisodiy masalalar bo‘yicha imtihon topshirdi.

– Yakuniy natijalarga ko‘ra,  har ikkala o‘zbek talabalar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir yo‘la ikki nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U. Kamoliddinov ilmiy rahbarligidagi Iroda Ismailovaning MDH davlatlaridagi demografik axvolning zamonaviy tendensiyalari va ularning oila intstitutiga ta’sir mavzusidagi ilmiy izlanishi MDH hududidagi "Eng yaxshi mintaqaviy tadqiqot" darajasiga erishdi. Bundan tashqari,  Abdulhamid Yusufaliyev jamoasi O‘zbekistonning investitsion o‘rnini statistik baholash mavzusidagi ilmiy izlanishlari "Statistik talqiqotlardagi noan’anaviy yondashuv" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi,  -dedi u.  

G‘oliblarga mukofotlarni topshirishda qatnashgan MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov statistika sohasida O‘zbekiston talabalarining ilmiy salohiyatini yuqori baholab, ularga kelajakda yanada katta zafarlar tiladi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA