Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yosh short-trekchilar xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonmoqda
18:23 / 2025-12-28

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston yosh short-trek sportchilarining yutuqlari tobora kengayib bormoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining ichki Mo‘g‘uliston muzofoti, Xux-xoto shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘zbekistonlik yosh short-trek ustasi Alimardon Mahmudov 15 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda oltin va kumush medallar mezbon davlat sportchilariga nasib etdi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida o‘tkazilgan short-trek bo‘yicha Yangi yil ochiq kubogi musobaqasida ham o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etdi. Unda aka-uka Mahmudovlar o‘zlarining yuqori mahorat va tayyorgarlik darajasini yana bir bor namoyon etdi.

Alimardon Mahmudov muz ustida ishonchli harakat qilib, 1500 metr masofada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1000 metr masofada uchinchi o‘rinni egalladi. 3000 metrlik estafeta bahslarida yana bir bor g‘alabaga erishdi.

Alisher Mahmudov ham jamoaviy bahslarda faol ishtirok etib, 3000 metr estafeta yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, yosh sportchilarning xalqaro musobaqalardagi bunday natijalari O‘zbekistonda short-trek sportini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

N.Rahmonova, O‘zA