Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yosh short-trekchi Rossiyada g‘alabaga erishdi
11:17 / 2021-11-26

Rossiyaning Yaroslavl shahrida short-trek bo‘yicha o‘tkazilgan “Yosh yuguruvchi” xalqaro musobaqasida hamyurtimiz Alimardon Mahmudov ikki yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Umidli sportchimiz dastlab 333 metr masofali bahsda, so‘ng 500 metrli yo‘nalishda ham raqiblarini ortda qoldirgan holda turnirning oltin medallariga musharraf bo‘ldi.

Alimardoning ishonchli g‘alabasi mamlakatimizda sportning ushbu yo‘nalishida iste’dodli yoshlar kamolga yetayotganligini ko‘rsatmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA