Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yosh olima MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibi bo‘ldi
12:12 / 2021-05-25

Zebiniso Ahmadova Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021» Xalqaro tanlovining ijtimoiy gumanitar yo‘nalishida eng iqtidorli yosh olima sifatida I DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandi.

Yosh olima bugungi kunda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, «Yilning eng yaxshi mutaxassisi» yo‘nalishi bo‘yicha yil talabasi Respublika bosqichi g‘olibi, Oliy Majlis Qonunchalik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi hamda fan-ta’lim masalalari qo‘mitasi matbuot kotibi, O‘zMTDP Yoshlar Parlamenti event menijeri, Respublika Yosh olimlar kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat Boshqaruv akademiyasi o‘quv kursi bitiruvchisi, O‘zMTDP Buxoro viloyati Kengashi ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi, Buxoro davlat universiteti magistranti, Respublika «Liderlar» jamoasi a’zosi, Respublika OTM uchun ikkita o‘quv qo‘llanma ikkita monografiya muallifi, Respublika va xalqaro miqyosdagi 150 dan ortiq ilmiy-amaliy, uslubiy konferensiyalar ishtirokchisi hamda maqolalar muallifi, Respublika miqyosidagi 15 ga yaqin loyiha va tanlovlar tashkilotchisi.

Shuningdek, bugungi kunda ustozi Shavkat Hayitov bilan birgalikda Prezidentimizning 2017 yil 24 dekabrdagi qarorlari ijrosi yuzasidan «Alisher Navoiy- tarixnavis» mavzusida akademik magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy faoliyat olib bormoqda.