O‘zbekistonlik velosportchilar Fransiya klubida
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari Samandar Sultonov va Davir Abdurahmonov faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi.
Iqtidorli velosportchilarimiz ayni paytda Fransiyada so‘nggi tekshiruvdan o‘tishmoqda. Shundan keyin sportchilar Tuluza shahrida joylashgan “Team Culture Velo u19” klubida mashg‘ulotlarga kirishadi.
Xabarda aytilishicha, yosh sportchilarimiz ushbu klubda Tojikistonda veloshosse bo‘yicha o‘tkaziladigan Osiyo chempionatigacha mashg‘ulot olib borishadi.
O‘zA