Joriy yilning 31 iyulidan 7 avgustiga qadar Gruziya poytaxtida sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi erkaklar o‘rtasida ITF Tbilisi Open tennis turniri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnirda tennischimiz Maksim Shin saralash bosqichi finaliga chiqdi. Maksim saralashning birinchi bosqichida Qozog‘iston vakili Oleg Sirovatskiy ustidan 6:1, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi setni boy bergan Maksim ikkinchi bosqichda o‘zini qo‘lga oldi va shiddatli kurashda Belarus vakili Daniil Ostapenkovni 3:6,6:4,10:4 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, ushbu turnirda jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallab, avtomatik tarzda asosiy to‘rga chiqqan O‘zbekistonning ikki vakili – Xumoyun Sultonov va Sergey Fominlar ham ishtirok etadi.
Tennischilarimizga omad va yanada yuqori natijalar tilab qolamiz. Mamlakatimizda tennisni rivojlantirishda O‘zbekiston Tennis federatsiyasining “O‘zmilliybank” AJ tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati