Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik tennischi Qozog‘istonda o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi
18:41 / 2022-07-22

Dunyoda ko‘plab rivojlangan sport turlari mavjud. Futbol, xokkey, voleybol, basketbol, tennis shular jumdasidan. Masalan, Rafael Nadal, Rodjer Federer va Novak Jokovich ishtirokidagi o‘yinlar atrofidagi hayajon futbol o‘yinlaridagidan kam emas. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu sport turi shiddat bilan rivojlanmoqda va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”AJ bunga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Kuni kecha Qozog‘istonda ITF World tennis tour xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSH dollari bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi NUR-SULTAN M25 turniri bo‘lib o‘tdi.

Bunday nufuzli xalqaro musobaqalarda tennischilarimizning ishtiroki tobora kuchayib, yuqori natijalar ko‘rsatayotganidan faxrlanamiz.

Tennischimiz Sergey Fomin finalda Qozog‘istonlik sportchi Beybit Jukayev bilan bellashdi va uni 6:4, 2:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston Tennis federatsiyasi va O‘zbekiston Milliy banki Sergey Fominni bu g‘alaba bilan qutlaydi va bundan keyin ham mamlakatimizda tennisni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.

O‘zA