O‘zbekistonlik talabalar koreyalik mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi
Poytaxtimizda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va Janubiy Koreyaning “CAMTIC” kompaniyasi vakillari hamkorligida talabalar uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Endilikda ushbu loyiha asosida 50 nafar saralab olingan universitet talabalari koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish, issiqxonalarni raqamlashtirish yuzasidan o‘qitiladi. Ularga Koreya tajribasining afzalliklari va imkoniyatlari borasida bilimlar beriladi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchi-talabalarga sertifikatlar topshirildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA