Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik talaba Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi
13:28 / 2024-09-06

Joriy yilning 1-8-sentyabr kunlari Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan 36-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Asilbek Sunnatov “Honorable mention” (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor bo‘ldi.  

 Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA