French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Turkmaniston tovar-xom ashyo birjasida nima xarid qildi?
19:17 / 2021-01-12

O‘tgan hafta Turkmaniston tovar-xom ashyo birjasida 27 ta bitim imzolandi.

Savdoda ishtirok etgan Gonkong, Afg‘oniston, O‘zbekiston tadbirkorlari xorijiy valyutaga Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodi majmuasida ishlab chiqarilgan aviatsiya kerosini, shuningdek avtomobil benzini xarid qilgan.

Bundan tashqari, ip-gazlama mahsulotlari, Qizilmiya ildizi ham sotib olingan. Ushbu mahsulotlarga Rossiya, AQSH, Xitoy, BAA, Turkiya, Ozarbayjon xaridor bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Ichki bozor uchun esa mahalliy biznesmenlar mosh va paxta tolasi olgani aytilmoqda.

O‘zA