O‘zbekistonlik sumochilar Moskva turnirida 8 ta medalga ega chiqdi
Sumo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskvada o‘tgan xalqaro turnirda 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
IV xalqaro “Do‘stlik kubogi” hamda Xalqaro sohil sumo musobaqasi tizimida o‘tgan bahslarda 20 ga yaqin davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Murodov yetakchiligidagi yurtimiz sportchilaridan Durdona Abdujabborova va Ravzaxon Adasheva kumush, Husniddin Husanov, Abduqodir Usmonov, Farrux Komilov, Maksim Kochniyev kabi sumochilarimiz bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
Yana bir e’tiborli jihat, dzyudo va kurash bo‘yicha jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining kumush medal sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi Abdulla Tangriyev sumo bo‘yicha mutlaq vazn toifasida o‘z omadini sinab ko‘rdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA