Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik sportchi Italiya chempionatida qatnamoqda
09:05 / 2022-05-14

Ma’lumki, o‘zbekistonlik avtosportchilar 2020 yildan formula tizimidagi, ya’ni kichik turdagi avto poygalar bo‘yicha o‘tadigan xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shu sababli o‘tgan yillar mobaynida avtosportning ayni yo‘nalishidagi nufuzli musobaqalarda vakillarimiz qatnashib kelmoqda.

Italiyada o‘tadigan FIA Formula-4 chempionatida hamyurtimiz Ismoil Ahmadxojayevning ishtirok etayotganligi shu yo‘ldagi samarali ishlardan biri sanaladi.

Shu kunlarda o‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmadxojayev Xalqaro avtomobil federatsiyasi tizimida o‘tadigan FIA Formula-4 Italiya chempionati bahslarida qatnashmoqda.  Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar tarqatdi.

E’tiborlisi, mazkur musobaqada qatnashayotgan 19 davlatning 33 nafar avtosportchisi orasida hamyurtimiz 13-o‘rinni egallab turibdi. May oyidan oktyabr oyigacha davom etadigan chempionatning 5 ta bosqichi Italiyaning Misano, Spa, Vallelunga, Spiyelberg, Monsa, Mugello trassalarida o‘tadi. Qolganlari Belgiya va Avstriya davlatlarida tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA