Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik shoir “Dunyo ko‘zgusi” xalqaro adabiy tanlovi g‘olibi
13:17 / 2023-05-23

Xalqaro yozuvchilar gildiyasi tomonidan 2023 yilda o‘tkazilgan “Dunyo ko‘zgusi” xalqaro adabiy tanlovi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Nikolay Ilin ushbu tanlovning “Ruboiy” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallab, uning g‘olibiga aylandi.

Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Nikolay Ilin – o‘zbekistonlik taniqli shoir, tarjimon va adabiyotshunos. 

O‘zbekistonni jonajon Vatani deb biluvchi Nikolay Ilin ona tilimizga, milliy adabiyotimizga, an’analarimizga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Yurtimiz shoirlarining eng sara ijod namunalarini rus tiliga mehr bilan tarjima qiladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nikolay Dmitriyevich 1950 yil Rossiyaning Chelyabinsk viloyati, Zlatoust shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik Toshkentdagi o‘rta maktabni va Toshkent davlat universiteti – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 

Professional tilshunos, o‘qituvchi va uslubchi sifatida 20 yil mobaynida Toshkent davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rus tili va adabiyotidan talabalarga dars bergan (1975-1997 yillar). 

Nikolay Dmitriyevich adabiyot tarixi va nazariyasiga oid ko‘plab ilmiy nashrlar, dars o‘tish uslublari muallifidir. 

Nikolay Ilinning she’rlari “Kuz belgisi ostida”, “Kichik ipak yo‘li” (Toshkent), “Kronos” (Latviya), “Xalos etilgan olam xotirlar” (Moskva) adabiy almanaxlarida, Rossiyaning “Drujba narodov” jurnalida nashr etilgan. Uning qalamiga mansub “Birinchi daftar” (2004), “Qalb ohangida” (2005), “Xotira orzusi” (2008), “Xazonrezgi izidan” (2010), “Gumbazlari g‘unchadek diyor” (2020) va boshqa to‘plamlar nashr etilgan. 

Nikolay Ilinning adabiy ijodida tarjimalar va o‘zbek zamonaviy adabiyoti tadqiqotlari alohida o‘rin egallaydi. U Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud, Hamza, Muqimiy, Cho‘pon, Mirtemir, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Sirojiddin Sayyid, Salim Ashur, Go‘zalbegim, Hosiyat Rustam va boshqa yigirmaga yaqin o‘zbek shoirlarining ijod namunalarini rus tiliga tarjima qilgan. 

Ijodkor 2020 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 

N.Usmonova, O‘zA