Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik shinkiokushinkay karate mutaxassisi AQSH turnirida e’tirof etildi
17:12 / 2025-08-29

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida shinkiokushinkay karate bo‘yicha o‘tkazilgan “5 th American FullContact Karate” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik hakam musobaqalarni boshqarib borishda ishtirok etdi.

AQSH, Ukraina, Rossiya, Shri-Lanka kabi shinkiokushinkay karate bo‘yicha malakali mutaxassislar ish olib borgan turnir yakunida hamyurtimiz NUR-HAS karate markazi mutaxassisi, xalqaro toifadagi hakam, 5-DAN qora belbog‘i sohibi Mutal Nazarov turnirning eng yaxshi referisi, nomiga musharraf bo‘ldi.

Musobaqalar jarayonida o‘zbekistonlik shinkiokushinkay karate mutaxassisi M. Nazarov mazkur turnirda ishtirok etgan xorijiy davlat vakillari bilan  hamkorlikda mashg‘ulot va musobaqalar tashkil etish masalasida fikrlashdi.

O‘zbekiston va AQSH shinkiokushinkay karatechilari o‘rtasida joriy yilning noyabr oyida xalqaro seminar o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA