Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik sayyohlar qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:52 / 2022-08-16

2022 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining 3,3 million nafari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Qayd etilishicha, yanvar-iyul oylari davomida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan — 1,6 million nafardan ortiq. Undan keyingi o‘rinni Qozog‘iston (601,3 ming) va Tojikiston (465,4 ming) egallagan, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

Qirg‘izistonga – 1,608 million nafar;

Qozog‘istonga – 601,3 ming nafar;

Tojikistonga – 465,4 ming nafar;

Turkiyaga – 201,7 ming nafar;

Rossiyaga – 169,8 ming nafar;

BAAga – 71 ming nafar;

Saudiya Arabistoniga – 50 ming nafar;

Misrga – 27,1 ming nafar;

Janubiy Koreyaga – 12,2 ming nafar;

AQSHga – 9,3 ming nafar;

Hindistonga – 6,5 ming nafar;

Gruziyaga – 6,3 ming nafar.

O‘zA