French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik rassomlar xalqaro festivalda ishtirok etdi
15:31 / 2023-07-24

Qirg‘izistonda joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Sharqning nurli palitrasi” («Solnechnaya palitra Vostoka») festivalida 10 ta mamlakat, jumladan O‘zbekiston, Ozarbayjan, Rossiya, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Belarusiya, Qozog‘istondan mo‘yqalam sohiblari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi  M. Sattorov hamda institutning  birinchi bosqich  talabasi M. Jo‘rayev, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ilmiy xodimi U.  Yusupov, A. Hamdamov, S. Sobirboyevlar ham bor.    

Rassomlar Qirg‘izistonning Issiqko‘l, Cholpon-Ota, Jeti-Og‘uz va boshqa so‘lim go‘shalarida bo‘lib, ko‘plab rasmlar chizdi. Festival yakunida ularga Qirg‘izistonning  Art Araba jamoat  fondi va MDH  mamlakatlari Xalqaro jamg‘armasining  sertifikatlari topshirildi, deb xabar beradi  Badiiy akademiya matbuot xizmati.  

N. Usmonova, O‘zA.