English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik qizlar jamoasi AQSHda o‘tgan tanlovda g‘olib bo‘ldi
19:17 / 2023-10-08

AQSHning Kaliforniya shtatida “Pitch Day” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning “Tecnas” jamoasi tanlovning “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu ijtimoiy muammolar yechimiga hissa qo‘shgan eng yaxshi loyiha uchun mukofot sanaladi.

Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda eng yirik STEM-dastur – bu “Yandex Go” tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan “Technovation girls Uzbekistan” dasturi sanaladi.

Bu mamlakatimizda qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yirik dasturlardan biridir. “Technovation girls Uzbekistan” dasturi ishtirokchilaridan tashkil topgan “Tecnas” jamoasi xalqaro miqyosda katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bu katta yutuq yurtimiz qizlarining intilishi, shijoati, salohiyatini ko‘rsatib bergani bilan ahamiyatli ekanini, buning zamirida ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar muhim o‘rin tutishini qayd etdi.  

– E’tiborlisi, qizlarimiz dolzarb ijtimoiy muammolarning muhim yechimlarini ilgari surgan eng yaxshi loyihalar uchun mukofotlandi, – dedi T.Norboyeva. – Bu esa yoshlarimizning ijtimoiy masalalarga daxldorlik tuyg‘usi kuchli ekanini ham ko‘rsatdi. Yurtimizning chinakam kelajagi bo‘lmish g‘olib qizlarimizni yuksak yutuq bilan qutlaymiz. Tengdoshlaringizga namuna bo‘lishdan, yuqori marralarni egallashdan charchamang. Biz siz bilan faxrlanamiz.

 

N.Abduraimova, O‘zA