Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor PISA imtihonida qatnashdi (+video)
22:50 / 2023-12-12

O‘zbekistonlik 15 yoshli o‘quvchilar ilk marta 2022 yilda bilimni baholovchi xalqaro dastur PISA imtihonlarida ishtirok etishdi. Ushbu imtihon Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tashabbusi bilan har 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Dastur 2000 yildan boshlanib 2022 yildagi sinov sakkizinchisi bo‘ldi. Test o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar, o‘qish bo‘yicha mahorat va bilimini sinovdan o‘tkazadi.

Natijalarga ko‘ra, matematika yo‘nalishida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 81 ta davlat orasidan 364 ball bilan 72 o‘rinni egallagan. Matematika savodxonligi bo‘yicha eng yuqori ball qayd etganlar:

Singapur – 575 ball 
Makao (Xitoy) –552 ball 
Xitoy Taypei – 547 ball 
Ushbu yo‘nalishda kam ball to‘plagan
Dominikan Respublikasi – 339 ball 
Paragvay – 338 ball 
Kambodja – 336 ball
kabi davlatlar joy olgan.

2 yo‘nalish o‘qish savodxonligi bo‘yicha ham eng yuqori natijani 543 ball bilan Singapurliklar ko‘rsatgan. Undan keyingi qatorlarda Irlandiya, Yaponiya, Koreya va Xitoy Taypei o‘rin olgan. O‘zbekistonlik o‘quvchilar esa 336 ball bilan 80 o‘rinni egallab, Kosova, Iordaniya, Marokash va Kambodja o‘quvchilari singari quyi qatorlarni band etgan.

Tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha O‘zbekiston 355 ball bilan 80 o‘rinni egallagan. Ushbu yo‘nalishda ham Singapur 561 ball bilan birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, eng yomon natija ko‘rsatgan Dominikan Respublikasi, Kosova, Filippin, O‘zbekiston va so‘nggi o‘rinda Kambodja turibdi.

Solishtirish uchun aytish mumkinki, 3 yo‘nalishda ham qo‘shni qozog‘istonlik o‘quvchilar O‘zbekistonlik o‘quvchilardan ko‘ra yuqoriroq natija qayt etishgan. Umuman olganda 2022 yilgi sinov natijalaridan kelib chiqib aytilsa, o‘quvchilarning bilim ko‘rsatgichlari pasayganini ko‘rsatadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0RBbdEhtbL4" title="Oʻzbekistonlik oʻquvchilar ilk bor PISA imtihonida qatnashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sardorbek Poyonov, Iskandar Ismat (video), O‘zA.