O‘zbekistonlik o‘quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 10-17 iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Javohir Sultonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida (IPHO) qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA