Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik olimlar Vengriyada malaka oshiradi
08:17 / 2021-02-19

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov xalqaro “ArchEnerg” klasteri Prezidenti Denes Bulkai bilan uchrashdi.

Muzokaralar jarayonida tomonlar qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, infratuzilmaviy loyihalar, ilm-fan va sanoat kooperatsiyasi masalalarini qizg‘in muhokama qildi.

Tomonlar yosh olim va tadqiqotchilar uchun qisqa va o‘rta muddatli tanishuv tashriflari hamda stajirovkalar dasturlari, o‘zbekistonlik ekspertlar uchun vebinarlar tashkil etish hamkorlikning samarali ilk qadamlaridan bo‘lishini qayd etdi. Kelgusida O‘zbekistonda o‘zbek-venger qo‘shma klasteri tuzish masalasini chuqur tahlil qilishga kelishib olindi.

“ArchEnerg” xalqaro klasteri 2007 yilda qayta tiklanuvchi energiya samaradorligiga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy modelni yaratish maqsadida tashkil etilgan. 2009 yilda Akkreditatsiyalangan innovatsion klaster sertifikatini olgan.

O‘zbekiston – Vengriya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 6-yig‘ilishida ta’lim, fan va innovatsiyalar, transport, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda xalqaro «ArchEnerg» klasteri o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Muattar Burhonova, O‘zA