Belarus Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi binosida Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining 38-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dunyoning 16 davlatidan, jumladan, Xitoy, Rossiya, Vetnam, Mongoliya, Ozarbayjon, Chernogoriya, Armaniston, Kuba, Qirg‘iziston, Gruziya, Tojikiston fanlar akademiyalari prezidentlari va rahbarlari, shuningdek, bir guruh o‘zbekistonlik olimlar ishtirok etdi.

Majlis davomida bo‘lib o‘tgan saylov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti Shavkat Ayupov Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining Sgi unvoniga sazovor bo‘ldi va unga tashkilotning faxriy medali topshirildi.
Shu bilan birga, tadbirda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, fan va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Ayupov Shavkat Abdullayevich – matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti. Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid.
Sh.Ayupov yordan algebralari sohasida ham nazariy, ham tatbiqiy yo‘nalishda yirik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirgan. Gilbert fazosidagi o‘z-o‘ziga qo‘shma operatorlar yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi bo‘yicha muhim natijalar olgan.
N.Abduraimova, O‘zA