Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik olim ta’lim, fan-texnika sohasiga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof etildi
12:32 / 2023-12-27

Mamlakatimizda ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor tufayli ko‘plab olimlarimiz o‘z sohasi va yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy yutuqlarga erishmoqda.

Bu borada mamlakatimiz olimlarini xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘layotgani ham tahsinga loyiq. 2018 yilda texnika fanlari doktori Farhodbek Umarov Yevro-Osiyo konchilik fanlari akademiyasining eng yosh akademigi sifatida e’tirof etilgan edi.

Oliy ta’lim sohasidagi ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining ham nufuzi oshmoqda. Xususan, o‘zbekistonlik olim “MISIS”ning Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori Farhodbek Umarov Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligining nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.

Olim “Ta’lim va fan-texnika taraqqiyoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun” ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu medal ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni, nanotexnologiyalarni, shuningdek, fan va yuqori texnologiyalar markazlarini, intellektual mulkni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimlarga beriladi.

Fan va texnologiya universitetining “MISIS” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash tadbiri davomida filial jamoasi erishgan yutuqlari qayd etildi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA