Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik noshirlar “DUSHANBE KITOB – 2023” XI xalqaro kitob ko‘rgazmasida qatnashmoqda
08:21 / 2023-10-04

Joriy yil 3-5 oktyabr kunlari Dushanbe shahridagi Tojikiston milliy muzeyida “DUSHANBE KITOB – 2023” XI xalqaro kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayapti.

Unda O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Turkmaniston, Rossiya, Hindiston va boshqa davlatlardan nashriyot, matbaa korxonalari va kitob savdo tashkilotlarining vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi qatorida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “O‘zbekiston”, “Zamin-nashr”, “Sahhof”,  “Hilol-nashr”, “Credo-Print”, “Best-book” nashriyotlari va matbaa korxonalari vakillari turli janrlarda 230 nomdagi adabiyotlar bilan qatnashmoqda.

N.Usmonova, O‘zA