Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik mutaxassislar Xalqaro dzyudo federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi
17:39 / 2025-06-11

Bugun, 11 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) kongressida dzyudo sport turi bo‘yicha 2021-2025 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yangi olimpiya davri 2025-2029 yillar uchun xalqaro federatsiyaning yangi tarkibdagi Ijroiya qo‘mitasi a’zoliga tavsiya etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi. 

E’tiborli jihati, kongressda delegatlarning ovoz berishi natijasida o‘zbekistonlik tajribali dzyudo mutaxassislaridan ikki nafari IJF ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi. 

Xususan, hamyurtimiz dzyudo bo‘yicha 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori Armen Bagdasarov va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Komilov IJF ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatoridan joy egalladi. 

Jahon dzyudosining yetakchilari, milliy federatsiyalarning mutasaddilari hamda delegatlar qatnashgan kongressda IJFning amaldagi rahbari Marius Vizer navbatdagi 4 yillik muddatga Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti sifatida ish olib boradigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, 13-19 iyun kunlari aynan Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi a’zolari shu kunlarda Vengriya poytaxtida ushbu nufuzli musobaqa oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA