Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik mutaxassislar Paraosiyo o‘yinlari seminarida qatnashdi
17:08 / 2025-10-29

Yaponiyaning Nagoya shahrida Osiyo paralimpiya qo‘mitasi (APC) tomonidan milliy qo‘mitalar mutaxassislari uchun "Aichi-Nagoya-2026" Paraosiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan "Chefs de Mission" seminarida o‘zbekistonlik vakillar ham ishtirok etdi.

Kelgusi yili kunchiqar yurtda tashkil etiladigan Paraosiyo o‘yinlarining texnik va tashkiliy jihatlari borasida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etilgan tadbirda O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari Begzod Ibragimov hamda Xurshid Qosimov qatnashdi.

Seminar davomida delegatlar 2026 yilgi Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi delegatsiyalar e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, delegatlar matonatli va irodali sportchilarning harakatlanish dasturlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Aichi-Nagoya-2026" Paraosiyo o‘yinlari kelasi yilning 18-24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA