O‘zbekistonlik mutaxassislar Asian Boxingda ish boshladi
Boksning Olimpiya yo‘nalishini xalqaro maydonda rivojlantirish, musobaqalar tizimida professionallikka erishish maqsadida World Boxingning Osiyo qit’asi bo‘limida tajribali mutaxassislar ish olib borishi belgilandi.
Asian Boxing tashkiloti Direktorlar kengashining qaroriga asosan bir qator komissiyalar tarkibi tasdiqlandi. Ushbu tayinlovlar tashkilotning boshqaruv tizimini mustahkamlash hamda Osiyo mintaqasida boksni yanada samarali rivojlantirishga qaratilgan.
E’tiborli jihati, O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev Asian Boxing tashkilotining "Sport va musobaqalar" komissiyasi raisligiga tayinlandi.

Shuningdek, Asian Boxingning xalqaro munosabatlar bo‘limi komissiyasida yana bir o‘zbekistonlik mutaxassis Mirzohid No‘’monov ish olib boradigan bo‘ldi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA