Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik mutaxassis Osiyoda boksni rivojlantirish fondi raisi etib tayinlandi
11:03 / 2020-12-21

Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Al Otayba tashkilotda rasman yangi fond – Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganini ma’lum qildi.

E’tiborlisi, ushbu fondga aynan o‘zbekistonlik mutaxassis rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ushbu fond rahbari etib tayinlandi.

Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

ASBC (Osiyo boks konfederatsiyasi) rahbari ushbu tashkilot tuzilganini e’lon qilar ekan, Osiyoda boksni yanada rivojlantirish borasida uzoq muddatlik strategiya ishlab chiqilganini aytdi.

Kelasi yili ASBC byudjetida yangi fond uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ ajratiladi. Ushbu jamg‘arma qit’amizda boksi rivojlanayotgan mamlakatlar milliy federatsiyalariga taqsimlanadi.

Osiyo boks konfederatsiyasi Fond so‘roviga asosan, bunday mamlakatlarni boks uchun zarur bo‘lgan anjomlar, ta’lim kurslari, logistika masalalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydi.

Fond komissiyasi tarkibida hamyurtimizga besh nafar mintaqaviy vitse-prezident ham tayinlangan. Unga ko‘ra, fond rahbariyati tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Saken Polatov (O‘zbekiston) – Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi.

Edgar Pikson (Filippin) – Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi o‘rinbosari

Favzi Asafra (Falastin) – Falastin boks federatsiyasi prezidenti

Raj Kumar Sacheti (Hindiston) – Hindiston boks federatsiyasi ijrochi direktori, ASBC prezidenti maslahatchisi

Billi Vong (Makao) – Makao boks federatsiyasi vakili.

Hamyurtimiz o‘z bilim va malakasi evaziga endilikda nafaqat O‘zbekiston, balki qit’amiz boksi rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadigan bo‘ldi.