Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik mergan Vengriya turnirida g‘oliblikka erishdi
14:03 / 2025-07-11

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha o‘tgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vladimir Svechnikov oltin medalga ega chiqdi.

Dunyoning mahoratli merganlari bilan kechgan musobaqada hamyurtimiz 10 metr masofadan to‘pponchadan otish bahslarining saralash dasturida 588 ochko jamg‘ardi va finalga yo‘l oldi.

Medallar uchun kurashda raqiblariga qaraganda nishonni aniq mo‘ljalga olgan hamyurtimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kumush va bronza medallari Saudiya Arabistoni vakili Atallah Alanazi hamda malayziyalik Jonatan Guanjiga nasib etdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA