Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik kurash mutaxassislari Xitoy Taypeyida mashg‘ulot olib bormoqda
11:45 / 2025-09-29

Shu kunlarda Xitoy Taypeyida milliy sportimiz kurash bo‘yicha sharqiy va janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari kurash mutaxassislari uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Sharqiy va janubi-sharqiy Osiyo hududida joylashgan mamlakatlarning 30 nafardan ziyod kurash mutaxassislari qatnashayotgan seminar mashg‘ulotlarini Xalqaro kurash instituti ekspertlari, o‘zbekistonlik tajribali kurash murabbiylari Rizamat Soliyev va Olim Ravshanov hamda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Reza Nossiri “Kurash usul” dasturi asosida olib bormoqda.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu, milliy sportimiz kurashning xalqaro rivoji yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA