Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik kitob musavvirlarining ijodiy ishlari Bratislava illyustratorlar biyennalesida
15:10 / 2025-10-06

Ayni damda Slovakiyaning Bratislava shahrida 30-Bratislava illyustratorlar biyennalesi (BIB – 2025) bo‘lib o‘tmoqda. Bu xalqaro nufuzli ko‘rgazma bolalar kitoblari uchun yaratilgan eng yaxshi illyustratsiyalarni birlashtiradi.

Bratislava Illyustratorlar biyennalesi ilk bor 1967 yilda tashkil etilgandi. Uning g‘oyasi mashhur chexoslovakiyalik rassom Albin Brunovskiy tomonidan ilgari surilgan. U bolalar kitoblari uchun suratlar chizuvchi rassomlarning ijodi yetarlicha qadrlanmayotganidan norozi bo‘lib, aynan shu yo‘nalishga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmaga asos solgan.

Mazkur biyennale  butun dunyodagi rassomlar va nashriyotlarni bolalar kitoblari illyustratsiyasida yangi g‘oyalar, badiiy yechimlar va original uslublarni targ‘ib etishga chorlaydi.

Bu nainki ko‘rgazma, balki xalqaro tanlov, ilmiy simpozium, yosh rassomlar uchun atoqli dizayner, kitoblar musavviri Albin Brunovskiy ustaxonasi, ijod maktabi  bilan tanishuv hamdir.

Bu yilgi Bratislava illyustratorlar biyennalesi mazkur ijodiy loyiha tarixidagi 30 marta o‘tkazilayotgan tadbir hisoblanadi. Xalqaro ko‘rgazma shu yilning 3 oktyabrida boshlanib, 2026 yilning   11 yanvariga qadar  davom etadi. Unda dunyoning  42 mamlakatidan 291  nafar rassom ishtirok etmoqda. Biyennale doirasidagi tanlovda jami 2 ming 191 ta illyustratsiya va 383 ta kitob namoyish etilgan.

Bu yil ilk bor o‘zbekistonlik rassomlarning ishlari BIB ko‘rgazmasiga qo‘yildi. Bular  Seviliya Akramova,  Nargis Karimova,  Zilola Hamidova,  Dinara Muminova kabi rassomlarning ijodiy ishlaridir. Yurtimizning ijodkorlari O‘zbekiston bolalar adabiyotining yangi avlodini, milliy uslubni va zamonaviy estetikani jahon miqyosida namoyish etmoqda.

Umid qilamizki, Bratislava illyustratorlar biyennalesi yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik rassomlar ham g‘oliblar safidan o‘rin oladi.

N.Usmonova,

O‘zA