English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik ijodkorlar Bolalar uchun xalqaro kitoblar kengashi tadbirida ishtirok etyapti
11:06 / 2022-09-07

2022 yilda O‘zbekiston Bolalar uchun xalqaro kitoblar kengashi – IBBY (International Board on Books for Young People” Bosh Assambleyasiga a’zo mamlakatlar qatoridan munosib joy egalladi va kengashning O‘zbekiston Respublikasi Milliy sho‘’basi tashkil etildi.

Shu yilning 5-8 sentyabr kunlari Malayziya shahrida kengash Bosh Assambleyasining 38-Xalqaro adabiy haftaligi va Xalqaro bolalar adabiyoti tanlovlari bo‘yicha taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Haftalikda kengashning O‘zbekiston Respublikasi Milliy sho‘’basi vakillari Orif To‘xtashev, Saida Rashidova, Veronika Ahmedova va Charos Mirxoliqovalar ishtirok etmoqda. 
 
Mazkur haftalik doirasida Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro mukofotning sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu mukofot bolalar va o‘smirlar adabiyotini tarannum etuvchi asarlarga va ijodkorlarga beriluvchi eng oliy e’tirofdir. 2022 yilda halqaro Xans Kristian Andersen mukofotiga fransiyalik bolalar adibasi Mariya Mureyl va Janubiy Koreyadan rassom Syuzi Li munosib topildi. 
 
Bosh Assambleyaning a’zosi bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarning bolalar yozuvchilari, rassomlar, tarjimonlar, noshirlar va boshqa sohalarning vakillari yig‘ilgan ushbu tadbirda o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, turli kitob ko‘rgazmalari, uchrashuvlar, suhbatlar va adabiy kechalar o‘tkazilmoqda. 


 
Gulnoz Tojiboyeva, 
Bolalar yozuvchisi. 
O‘zA