Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik harbiy merganlar Janubiy Koreyada muvaffaqiyatga erishdi
10:13 / 2025-09-18

Janubiy Koreyada harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada mamlakatimiz vakillari g‘oliblikni tantana qildi.

Janubiy Koreya armiyasi maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan II Xalqaro merganlar turnirida 10 ta davlatning 54 ta merganlar jamoalari bir hafta davomida kechgan bahslarda o‘zaro raqobatlashdi.

Saralash musobaqalarida muvaffaqiyatga erishgan O‘zbekiston jamoasi AQSH, Germaniya, Ruminiya, BAA, Qatar, Vetnam, Tailand, Mo‘g‘ulistonning 16 ta merganlar jamoalari bilan sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.

Musobaqada belgilangan nuqtalarni aniq nishonga olishda mahoratini namoyish etgan hamyurtlarimiz 539.5 ball jamg‘argan holda II Xalqaro merganlar turniri g‘olibiga aylangan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni 534.7 ball to‘plagan Vetnam va 519.0 ballga ega AQSH jamoalari egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA