Gandbol bo‘yicha U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan IHF Trophy turnirining 3 - Osiyo mintaqasi bosqichida mamlakatimiz terma jamoalari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilayotgan musobaqalar yurtimizning olovqalb yoshlari uchun har jihatdan muvaffaqiyatli kechdi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari bilan shiddatli uchrashuvlarda bahs yuritgan hamyurtlarimiz har ikki yosh toifasida raqiblaridan ustun ekanini namoyish etdi.

O‘zbekiston U-18 jamoasi finalda qozog‘istonlik tengdoshlari bilan ro‘baro‘ keldi. O‘z uyingda devorlar ham so‘yadi, deyishadi. Ammo mezbonlar o‘zbekistonlik gandbolchilarning shiddati oldida ojiz qolishdi. Qozog‘istonlik muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham ularni mag‘lubiyatdan asrab qola bilmadi. O‘zbekiston gandbolchilari 50:41 hisobida g‘alabaga erishdi. Ularning sharafiga Almati sport maydoni uzra O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi. Madhiyamiz baralla yangradi.

U-18 yosh toifasida 2-o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi, 3-o‘rinni esa Turkmaniston jamoasi egalladi.

Ikki yosh toifasida 3 - Osiyo mintaqasi bosqich chempionligiga erishgan gandbol jamoalarimiz endi IHF Trophy turnirining qit’aviy bosqichida qatnashadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA