French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik fijital sporti mutaxassislari e’tirof etildi
15:33 / 2026-01-29

O‘zbekiston fijital sport federatsiyasi mutaxassislari Bahrom Musayev va Fazliddin Anvarov Phygital Shooter yo‘nalishida xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘tgan yil noyabr oyida Abu-Dabida "Kelajak o‘yinlari-2025" xalqaro turnirdagi professional faoliyati hamda belgilangan imtihonlarni yuqori darajada topshirgani bois Xalqaro fijital federatsiyasi tomonidan mazkur sertifikatlar bilan taqdirlandi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston fijital sport federatsiyasi vakillarining ushbu hujjatga ega bo‘lishi yurtimizda fijital yo‘nalishidagi xalqaro musobaqalarni tashkil etish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA