Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
-92 kg. vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Sherzod Poyonov final bellashuvida azaliy raqibi qozog‘istonlik Kamil Kurugliyev bilan ro‘baro‘ keldi.

Murakkab va o‘ziga xos ruhiy bosim ostida kechgan kurashda hamyurtimiz raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etib, chempionatning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
-65 kg. vazn toifasida bahs olib borgan terma jamoamiz a’zosi Sanjarbek Rustambekov jahon chempionatining 1/4 final bosqichida yaponiyalik Reaji Uchidaga imkoniyatni boy berib, kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Bugun, 20 avgust kuni ayollar kurashida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning eng kuchli 650 nafarga yaqin erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarini jamlagan jahon chempionati 24 avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA