Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik dizayner "Xanchjou – 2022" tashkiliy qo‘mitasi ko‘rgazmasida g‘olib bo‘ldi
19:24 / 2021-12-01

"Xanchjou–2022" Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi taklifiga binoan o‘zbekistonlik dizaynerlar mazkur shaharda o‘tkazilgan Si Pao xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Unda o‘z loyihalari bilan qatnashgan hamyurtimiz birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmada tashkiliy qo‘mita taklif qilgan davlatlar dizaynerlari ishtirok etdi. Tadbir Xanchjou shahridagi ipak muzeyida o‘tkazilib, unda namoyishga qo‘yilgan kiyimlar ham mazkur xomashyodan tayyorlandi.

Ahamiyatlisi, o‘zbekistonlik dizayner, «Osiyo ramzi» dizaynerlar uyushmasi vakili Umida Mo‘minova g‘oyasiga mansub chizmalar asosida tayyorlangan kiyimlar tashkiliy qo‘mita mutasaddilari tomonidan yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.Dizaynerimiz tayyorlagan kiyimlar o‘zbek milliy naqshlari asosida bezatilgan.

Reglamentga ko‘ra, har bir ishtirokchi 2 komplektdagi o‘z namunalarini hakamlar hay’atiga taqdim qilgan. Si Pao xalqaro ko‘rgazmasi 2017 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning qamrovi yildan-yilga ortib bormoqda.

Taqdirlash marosimida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov hamyurtimizning sovrinini qabul qilib oldi.

Ushbu ko‘rgazma nafaqat Buyuk ipak yo‘li kesimida joylashgan davlatlar, balki butun dunyoda ipak matolaridan tayyorlanadigan kiyimlar va u bilan bog‘liq madaniyatni ommalashtirishga qaratilgan.

O‘zA