Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik bokschilar yilning eng yaxshisi bo‘lishga nomzod
16:28 / 2025-12-22

Joriy yil yakunlanishiga sanoqli kunlar qolganda yilning eng munosiblari keng jamoatchilikka taqdim etilishi odat tusiga kirgan.

Jumladan, “World Boxing” tashkiloti ham 2025 yilning eng yaxshi erkak bokschisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekistonlik boks muxlislari uchun e’tiborli jihati, yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lishga nomzodi ko‘rsatilgan besh nafar charm qo‘lqop orasida ikki nafar hamyurtimiz nomi ham qayd etildi.

Xususan, 2025 yilning eng yaxshi erkak bokschisi bo‘lish uchun “World Boxing” tashkiloti tomonidan Luis Oliveyra (Braziliya), Yuri Falkao (Braziliya), Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston), Javohir Ummataliyev (O‘zbekiston) va Fazliddin Erkinboyev (O‘zbekiston) nomi keltirilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA