Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik bir guruh olimlar Hindistonda nufuzli tadbirda ishtirok etdi
11:38 / 2022-03-18

Hindistonning Dehli universiteti hamda Indira Gandi nomidagi Milliy san’at markazi hamkorligida “Hind sivilizatsiyasining fors sivilizatsiyasiga ta’siri” (“The impact of Indian civilization on Persian civilization”) mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Quvonarlisi shundaki, unda o‘zbekistonlik bir guruh olimlar va talaba-yoshlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Olimlar ma’ruzalari keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.

Hamyurtlarimiz safar davomida O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov taklifiga binoan Dehlida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo‘lishdi. Fikr-mulohazalar almashishdi. Muloqot jarayonida Hindistonning Javaharlal Neru, Dehli va Jamiya Milliya Islamiya universitetlarida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ilmiy-madaniy markazlarini ochish hamda avvaldan TDSHU va Hindiston universitetlari o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, professor-o‘qituvchilar almashinuvini imkon qadar tezroq yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. Shuningdek, Dehli va Javaharlal Neru universitetlarida o‘zbek tilini onlayn va oflayn shaklda o‘qitish bo‘yicha kelishildi. 



Safar chog‘ida Dehli universitetining rahbariyati, ustoz va talabalari bilan muloqot olib borildi. So‘ng TDSHUda fors, hind, urdu tillarining o‘qitilishi, xususan, universitetda Hay’at va Ilmiy Kengash qarorlariga muvofiq, “Urdu filologiyasi” alohida kafedra sifatida shakllantirilgani, TDSHUda maxsus “Gandi” ilmiy-madaniy markazi mavjudligi yuzasidan ma’lumot berildi.  



Fors tilini o‘qitish bo‘yicha oxirgi yillardagi o‘zgarishlar universitet rahbariyati bilan Dehli universitetida TDSHUning ilmiy markazi – “TSUOS Centre” ochish yuzasidan taklif bildirildi. Ushbu markaz, keyinchalik, ilmiy, pedagogik va talabalar almashinuviga yo‘l ochadi.

 Shu bilan birga, TDSHU professor-o‘qituvchilari tomonidan Dehli universitetining ustoz va talabalariga o‘zbek tilini fakultativ va asosiy fan sifatida o‘qitish markazi sifatida ham faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. 


D.Mamatova, O‘zA