Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik ayol mashhur xalqaro tanlov laureati bo‘ldi
15:40 / 2021-03-31

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʼs Leadership Awards mukofotining 2021 yilgi laureati bo‘ldi.

Ushbu mukofot 16 yildan beri 7 yo‘nalish bo‘yicha ayollarni taqdirlab keladi. Nominatsiyalar orasida yilning eng faol tadbirkor ayoli, innovator ayoli, yosh tadbirkor ayoli kabi yo‘nalishlari mavjud.

29 may kuni Shanxay shahrida g‘oliblar nomi e’lon qilinadi va katta taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

2021 yilgi o‘nta laureat ayollar ro‘yxati:

• Gulnoza Ismoilova (O‘zbekiston)

• Oyunna Bold (Mongoliya, Belgiya)

• Emma Klit (Fransiya)

• Monika Grifxaxnifan (Germaniya)

• Yasmin Xasnaui (Marokko, AQSH)

• Iren Kamanzi (Belgiya)

• Frederik Dansartsart (Belgiya)

• Bissan Salman (Falastin, Isroil)

• Shamim Shal (Kashmir, Buyuk Britaniya)

• Yangkartsang Yangdutsoso (Tibet, Belgiya)