Sankt-Peterburgda IV «Lendok» Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematorgafiya agentligi direktor o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, rejissyor Akbar Bekturdiyev va agentlik xodimi Sayyora Xudoyberdiyevalardan iborat yurtimiz delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Taniqli rejissyor Ali Hamroyev kinofestival hay’ati a’zolari tarkibidan joy oldi.
Festival doirasida badiiy, hamkorlikda ishlangan va boshqa filmlarning tanlovlari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Bahreyn, Suriya, Turkmaniston, Rossiya va Belarus kabi davlatlarning kino san’ati ustalari ishtirok etdi.
Tanlov dasturida qatnashish uchun 300 ga yaqin ariza topshirildi, hakamlar 10 ta filmni saralab olishdi. Xususan, iqtidorli aktyor Saydulla Moldaxanov va aktrisa Oysanam Yusupova “O‘zbek qizi” va “Dasht” badiiy kinofilmlari bilan “Eng yaxshi ayol roli” va “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyalarida mukofotga sazovor bo‘ldi.
N.Usmonova tayyorladi, O‘zA