Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik 3 nafar bokschi Niderlandiyada kuchli raqiblarga qarshi ringga chiqmoqda
10:53 / 2025-06-06

Bugun, 6 iyun kuni Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida "Eyndxoven boks kubogi" bahslari boshlanadi.

28 ta davlatdan 180 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev boshchiligidagi 3 nafar bokschimiz himoya qiladi.

Kecha musobaqalar oldidan qur’a tashlash marosimi va texnik komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qur’a natijalariga ko‘ra:

-60 kg vazn toifasida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov "A" guruhida mezbon bokschiga qarshi jang o‘tkazadi. Ushbu vazn toifasida jami 23 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

-70 kg vazn toifasida, 30 nafar bokschi ishtirok etayotgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ilk jangini ukrainalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi o‘tkazadi.

-90 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullayev turnirdagi dastlabki jangini litvalik raqibiga qarshi o‘tkazadi.

10 ta vazn toifasida kechadigan musobaqalar 9 iyunga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA