Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik 12 yoshli bola FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi
11:02 / 2022-02-01

Yosh va iqtidorli shaxmatchilarimizdan biri 12 yoshli Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Humoyun Bekmurodov 2017 yildan FIDE tasnifidagi musobaqalarda qatnashib keladi. Ko‘plab turnirlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. 2020 yili onlayn O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchn, dunyo shaxmat tarixida eng yosh grossmeyster maqomini amerikalik Abximanyu Mishra 2021 yili qo‘lga kiritgandi. U o‘shanda 12 yoshu, 4 oy, 25 kunlik, deya qayd etilgan.

O‘zA