Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 929,1 million dollarni tashkil etdi
10:46 / 2022-02-25

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida joriy yilning yanvar oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan O‘zbekistonning savdo-sotiqda yuz bergan o‘zgarishlari ma’lum qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 929,1 million dollarni yoki 26,6 foizni tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 300,9 million dollar, import hajmi esa 628,2 million dollarga yetgan. 

2022 yilning yanvar oyi yakuni bilan O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 573 million dollarni yoki 62 foizni tashkil etib, eksport hajmi 181 million dollarga, import hajmi esa 393 million dollarga yetdi. Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 267 million dollarni yoki 29 foizni tashkil etib, eksport hajmi 61 million dollarga, import hajmi esa 206 million dollarga yetdi. 

O‘zbekiston 2020 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi. 

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31foizini tashkil etadi. 

An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi. 

YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo‘ladi. 

 

O‘zA