Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga xitoylik sayohlar oqimi ko‘paydi
07:42 / 2023-03-21

Madaniyat va turizm vazirligi xabariga ko‘ra, Xitoy hukumati tomonidan chet davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga guruhli sayohatlar qayta tiklandi.

2023 yil 15 martdan Xitoy sayyohlik agentliklari va onlayn sayohat xizmati provayderlari test rejimida guruhli turlar sayohatlarini tashkil qilishni davom ettirmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Xitoy fuqarolari guruh bo‘lib jami 40 ta davlatga sayohat qilishlari mumkin.

O‘zbekistonda xitoylik sayyohlar uchun ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida viza rejimi bekor qilingan.

Bundan tashqari, "Sian – Toshkent – Sian" yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilgan. Bu va boshqa chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, xitoylik sayyohlarning yurtimizga tashrifi ortib bormoqda.  

Xususan, 2018 yilda 32,5 ming nafar xitoylik sayyoh O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019 yilda 1,7 barobarga ortib, 54,3 ming nafarni tashkil qildi. 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli xitoylik turistlar oqimi 3,6 ming nafargacha kamaydi.  

Biroq 2022 yilda bu raqamlar yana oshdi — Xitoydan O‘zbekistonga 5,4 ming nafar turist keldi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, xitoyliklarning yurtimizga sayohati iqtisodiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Statistika agentligining tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘lish davomida 1 nafar xitoylik sayyoh turizm xizmatlari uchun o‘rtacha 1,1 ming AQSH dollari sarflaydi. O‘z navbatida 2023 yilda yurtimizga 100 ming nafar xitoylik turistlarni jalb qilish maqsad qilingan.

 

O‘zA