Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga uch mahsulotning kirishiga taqiq qo‘yildi
10:01 / 2025-09-24

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahridagi O‘rikzor bozorida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan MOZER brendi ostidagi soch quritish moslamasi (fen) mahsulotiga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi.

Laboratoriya tekshiruvlari natijasida mahsulotning belgilangan standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

Jumladan, mazkur firma soch quritgichlari tok o‘tkazgichdan oqim o‘tganda sezilarli darajada qizib ketishi, izolyatsiya haddan tashqari qizib ketishi hamda yonish va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkinligi sabab uskunaning xizmat muddati qisqarishi kuzatildi.

Shuningdek, Xitoyda ishlab chiqarilgan FABOL’AI brendi ostidagi 800 milligramm hajmdagi yuvinish geli mahsuloti bo‘yicha ham nazorat xaridi o‘tkazildi.  

Mahsulotdan olingan namuna laboratoriyada tekshirilib, uning standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur yuvinish gelining salbiy oqibatlari shundaki, terining qichishi, qizarishi yoki allergik reaksiyalari, teri to‘qimalarining yallig‘lanishi, nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, terining tabiiy muvozanatini buzishi, bu esa bakterial yoki zamburug‘li kasalliklarga olib kelishi mumkinligi aniqlandi.

Shuningdek, Navoiy shahridagi savdo do‘konida sotilayotgan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “Soldering IRON” va “Epica STAR” rusumli elektr sig‘imli dazmol mahsulotlariga ham nazorat xaridi o‘tkazildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahsulot standart talabiga mos emasligi, ishlatilishi jarayonida iste’molchilar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.

Nazorat inspeksiyasi mutaxassislari iste’molchilarga bunday mahsulotlarni sotib olayotganda ularning sertifikatlari va xavfsizlik belgilariga e’tibor qaratishni, sifati shubhali asbob-uskunalardan foydalanmaslikni tavsiya etmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA