O‘zbekistonga sayyohlarni kengroq jalb qilish bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi
Italiyaning Rimini shahridagi “TTG Rimini-2024” xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya “Miller Exhibitions” kompaniyasi direktori Vayel Zabad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Italiya va Yevropa davlatlaridagi yirik turizm ko‘rgazmalarida O‘zbekistonning ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevropa turizm bozorida targ‘ibotini kengaytirish, yurtimiz sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida PR-kampaniya, “road-show” va taqdimotlar o‘tkazishda hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA