Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga qaysi oziq-ovqat mahsulotlari eng ko‘p import qilinadi?
15:58 / 2022-08-01

Ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlaridan eng ko‘p bug‘doy import qilingan.

Ushbu mahsulotdan 375,4 million AQSH dollari qiymatida O‘zbekistonga olib kelingan.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:

Shakarqamish — 185,3 million AQSH dollari;

Margarin mahsulotlari — 156 million AQSH dollari;

Qoramol go‘shti — 98,6 million AQSH dollari;

Bug‘doy uni — 63,4 million AQSH dollari;

Kartoshka — 55,5 million AQSH dollari;

Kakao va shokolad — 53 million AQSH dollari;

Sut mahsulotlari — 38 million AQSH dollari;

Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — 35 million AQSH dollari;

Banan — 26,5 million AQSH dollari;

Choy — 23 million AQSH dollari;

Parranda go‘shti — 22 million AQSH dollari;

Makkajo‘xori — 21 million AQSH dollari;

Kofe — 15 million AQSH dollari;

Qandolat mahsulotlari — 12,5 million AQSH dollari.

O‘zA