O‘zbekistonga qaysi davlatdan ko‘p mashina kirib keladi?
O‘zbekiston yil boshidan buyon eng ko‘p Xitoydan yengil avtomobil xarid qilgan.
Joriy yil yanvar-avgust oylari davomida umuman, dunyoning 25 mamlakatidan mashina import qilingan. Statistika davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimiz Xitoy (8337), Koreya Respublikasi (6784), Qozog‘iston (3651), Rossiya (1388), AQSH (237), BAA (125), Yaponiya (91) va Germaniya (67)dan avtomobil sotib olgan.
O‘zA