Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-10 davlat fuqarolari
15:02 / 2025-09-11

Bugungi kunda yurtimizda innovatsiya va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat o‘zimizning yoshlarimizni o‘zi tanlagan sohasiga qiziqishini yanada oshirmoqda, balki mamlakatimiz ta’lim tizimiga xorijlik yigit-qizlarni ham chorlamoqda.

Xususan, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 10,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.  

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.

Jumladan, 7 oyida mamlakatimizga o‘qish maqsadida Turkmanistondan 3 ming 197 nafar, Hindistondan  2 ming 846, Tojikistondan 1 ming 246, Xitoydan 532, Janubiy Koreyadan 428, Pokistondan 377,Qirg‘iz Respublikasidan 286, AQSHdan 254, Afg‘onistondan 193, Turkiyadan 181 hamda boshqa davlatlardan 1 ming 161 nafar chet el fuqarolari kelgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA