English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga olib kirishda ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi
11:29 / 2023-03-24

Prezidentimizning joriy yil 23 martda «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatdan yogurt, paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq, pishloq va tvoroglar, yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya, yangi olma, nok va behi, bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un, kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan.  

Prezident farmoniga asosan ilgari mazkur muddat 2023 yil 1 iyulga qadar edi.  

 

O‘zA